Rossiya О‘zbekistonda fuqaro dronlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda

Михаил Мишустин и Абдулла Арипов. Фото: government.ru

Rossiya va О‘zbekiston hukumat rahbarlarining qo‘shma komissiyasi yig‘ilishida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin О‘zbekistonda fuqarolik dronlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejasini ma’lum qildi.

Moskva va Toshkent respublikada dronlar tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya temir yo‘l mashinasozligi sohasida ham hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, ushbu sanoat sohasi uchun polimer materiallar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, so‘nggi yetti yil ichida Rossiya va О‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobar oshib, 2023-yilda 10 milliard dollarga yetdi. Joriy yilda qo‘shimcha 30% o‘sish kuzatildi, yaqin kelajakda bu ko‘rsatkichni 30 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Qo‘shma investitsiya loyihalarining umumiy hajmi 60 milliard dollarni tashkil etadi, Rossiya ishtirokidagi korxonalar soni esa 3 mingdan oshdi. Kooperatsiya energetika, tog‘-metallurgiya, to‘qimachilik va kimyo sanoati kabi tarmoqlarni hamda boshqa sohalarni qamrab oladi.

Uchrashuv davomida tomonlar dori vositalarini markalash kodlarini o‘zaro almashish bo‘yicha ham kelishuvga erishdilar hamda “Agroekspress” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladilar.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.