Rossiya qo‘shinlari Dneprdagi turar-joy binolariga raketa hujumi uyushtirdi
Dneprga 26-oktabr kechasi uyushtirilgan Rossiya raketa hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi va 19 kishi jarohatlandi, deya xabar berdi Dnepropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisak.
Uning aytishicha, Rossiya qo‘shinlari bir nechta hududga zarba bergan. Natijada ikki qavatli turar joy binosi va garaj butunlay vayron bo‘ldi, yana 13 ta ko‘p qavatli va ikki xususiy uy, shifoxona hamda 30 ta avtomobil zarar ko‘rdi.
Halok bo‘lganlar orasida ikki ayol va bir bola bor. Jarohatlangan 19 kishining to‘rt nafari bolalar, sakkiz kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Lisakning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari dron va artilleriya yordamida Nikopol va Marganets jamoalariga ham zarba bergan. Bu hujumlarda fuqaro infratuzilmasi zarar ko‘rgan, ammo jabrlanganlar yo‘q.
Sharhlar