Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston foydalanuvchilari Telegram faoliyatidagi uzilishlar haqida ma’lum qilmoqda
Buni Downdetector. xizmati ma’lumotlari tasdiqlamoqda. Sharhlarga qaraganda, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston foydalanuvchilari messenjer faoliyatida uzilishlarga duch kelishgan. RBK, shuningdek, nosozlik rossiyalik foydalanuvchilarda ham qayd etilganini xabar qiladi.
“Ostorojno, novosti” Telegram-kanalining yozishicha, Rossiyada messenjer faqat VPN bilan ishlamoqda. Biroq, ba’zi foydalanuvchilar hech qanday muammoga duch kelmagan.
Nosozlik WhatsApp messenjerining Rossiyadagi faoliyatida ham kuzatilmoqda. Internetni himoya qilish jamiyati direktori Mixail Klimaryov bunga e’tibor qaratadi. U Rossiyadan tashqaridagi foydalanuvchilar messenjerga kirishda muammo yo‘qligini ta’kidlab, rasmiylar WhatsApp va Telegramni blokirovka qilishni boshlaganini taxmin qilishmoqda.
Sharhlar