Rossiya Ukrainada termobarik dronlarni qo‘llashni boshladi

Скриншот: презентация ТВ-БЧ 50 / утечка комплекса «Алабуга» / Defense Express

Associated Press tergoviga ko‘ra, Tataristondagi “Alabuga” ishlab chiqarish majmuasi kamida yozdan beri “Shahed” dronlarini termobarik kallak bilan jihozlamoqda.

Bunday o‘q-dorilar mustahkamlangan devorlar va yer osti bunkerlariga kirib borishga qodir. Ukrainaning Defense Express portali birinchi bo‘lib “Alabuga” serverlarini buzish paytida olingan ma’lumotlarga tayanib, termobarik dronlar yaratilgani haqida xabar bergandi.

Bunday dronlarning termobarik jangovar kallaklariga “TV BCh-50” indeksi berilgan; u kamida 2024 yil aprel oyida ishlab chiqarishga joriy etilgan. Sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “TV BCh-50” og‘irligi 52,4 kg ni tashkil qiladi va termobarik zaryaddan tashqari, diametri 9 mm bo‘lgan sharlar ko‘rinishidagi 2306 ta shikastlovchi elementlarni ham olib yuradi.

Yangi termobarik o‘q-dorilar bir zarba printsipi bo‘yicha ishlaydi, ya’ni u bir vaqtning o‘zida portlovchi aralashmani purkaydi va uni portlatib yuboradi, bu esa taxminan Selsiy bo‘yicha 3000 daraja olov bulutini hosil qiladi.

Bulut butun xonalarni to‘ldirishi mumkin, zarba to‘lqini qurbonlari portlash epitsentridan tashqarida ko‘z olmalari, miya, o‘pka va eshitish a’zolarining jarohatlari bilan topilgan, deb yozadi AR.

Agar termobarik dron yashash maydoniga tegsa, undan yashirinib bo‘lmaydi, deydi Defense Express mutaxassislari. Bu holda, odamni kvartiraning ikkita yuk ko‘taruvchi devori ko‘rinishidagi boshpana qutqarib qolmaydi. Nazariy jihatdan, termobarik aralashmaning xona bo‘ylab tarqalishi doimiy yopiq ichki eshiklar bilan sekinlashishi mumkin.

Termobarik dronlar Ukraina havo mudofaasini ortiqcha yuklash uchun “xo‘rak” dronlar bilan birga uchiriladi. Rossiya harbiylari bu taktikani 2022-yilda ishlab chiqqan va uni “Soxta nishon” operatsiyasi deb atagan, deydi yangi dronlar ishlab chiqarilishi bilan tanish bo‘lgan AR manbasi. Termobarik dronlar bilan birga penoplast va lattalar bilan to‘ldirilgan dronlar uchadi. U turar-joy hududiga kirsa, dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, deya ta’kidlaydi AP manbasi.

Ukrainalik harbiy ekspert Sergey Beskrestnovning ta’kidlashicha, termobarik dronlar hozirda Rossiya Ukraina shaharlari bo‘ylab uchirayotgan dronlarining 3-5 foizini tashkil qiladi. Bu dronlar Ukraina energetika infratuzilmasini samarali tarzda yo‘q qilishga qodir. 12 noyabr kuni Kiev sud ekspertizasi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari qoldiqlarni kimyoviy tahlil qilish orqali “Shahed-136” termobarik dronlaridan foydalanilganini tasdiqladi.

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.