Rossiya va KXDR o‘rtasidagi kelishuvda maxfiy band bor boʻlgan
“Amerikaning Wall Street Journal gazetasi rossiyalik sobiq razvedka xizmatining ismi oshkor etilmagan xodimiga tayanib xabar berishicha, Rossiya va KXDR Ukrainadagi urushga 1 mingga yaqin Shimoliy Koreya askarini yuborishga yashirincha kelishib olgan”, -deb yozadi BBC.
WSJ suhbatdoshining soʻzlariga koʻra, Shimoliy Koreyaga harbiy xizmatchilarni yuborishga ruxsat beruvchi maxfiy band Moskva va Pxenyan oʻrtasidagi kelishuvga kiritilgan boʻlib, ikki davlat rahbarlari shu yilning yozida imzolagan.
Nashr manbasining taʼkidlashicha, KXDR harbiylari “Rossiya tajribasidan toʻgʻridan-toʻgʻri urush olib borishni oʻrganish uchun” Ukrainaga boradi. “Shimoliy Koreya qo‘shinlarining aksariyati front chizig‘idan ancha uzoqda bo‘lsa-da, ularga ruslar logistika va front taktikasini qanday boshqarishi ko‘rsatilmoqda, shuningdek, zamonaviy dron urushi haqida yangi tushunchalarni o‘rganmoqda”, — deyiladi nashr.
Nomi oshkor etilmagan amerikalik manbalarning WSJga aytishicha, ularning taxminlariga koʻra, KXDR harbiylari haqiqatan ham Rossiyada tayyorgarlikdan oʻtgan va jihozlangan, ammo buning isboti yuz foiz emas.
WSJ Seuldagi Kunmin universitetining yetakchi tadqiqotchisi Fyodor Tertitskiyga tayanib qayd etishicha, Shimoliy Koreya oʻtmishda turli urushlarga harbiy xizmatchilarni, jumladan Misr harbiy-havo kuchlari uchun uchuvchilarni, Suriyaga “oʻnlab askarlarni” yuborgan.
Sharhlar