Rossiyada 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga jinoiy ish ochildi
Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanida bolani urib yuborgan haydovchiga nisbatan jinoiy ish ochildi. Tergov ma’lumotlariga ko’ra, u jabrlanuvchiga boshqa maqsadda tegingan va yordam berish haqida o’ylamagan.
Xabarga ko’ra, 7-sentabr kuni Tergov qo’mitasi Krilenko ko’chasida 6 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo’ravonlik sodir etilganligi bo’yicha ish ochgan.
Voqea 30-avgust kuni kechki payt, bola onasi bilan hovlida sayr qilayotgan paytida sodir bo‘lgan. Velosipedda ketayotgan qizni 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi “Volkswagen Polo” avtomobili urib yuborgan.
Keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo’lgan videoga ko’ra, haydovchi voqea joyida qolgan. Kadrlarda yosh yigit jabrlanuvchining ahvolidan xavotirlangan boshqalar bilan birga yerda yotgan qizning yoniga o‘tirib, uning yalang oyoqlariga tegingan.
Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin videoni ko‘rib, haydovchining qo‘llari bolaning tanasida ruxsat etilgan chegaradan oshib ketganini ta’kidladi hamda O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan ish qo’zg’atishni va hodisaning holatlari haqida xabar berishni buyurdi.
Sharhlar