Rossiyada bolasizlikni targ’ib qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

Фото: Дмитрий Лебедев,
G’arbda paydo bo’lgan ongli ravishda farzand ko’rishdan bosh tortish – childfree mafkurasi Rossiyada ham keng tarqalib, rasmiylarning fikricha, bu mamlakatdagi demografik vaziyatga zarar yetkazmoqda.

Qonun mazkur g‘oyani ommaviy axborot vositalari, kino va reklama orqali tarqatishni taqiqlaydi. Qonunni buzganlik uchun jismoniy shaxslar uchun 400 ming rublgacha (taxminan 4 ming AQSh dollari), mansabdor shaxslar uchun 800 ming rublgacha (taxminan 8 ming AQSh dollari) va tashkilotlar uchun 5 million rublgacha (taxminan 50 ming AQSh dollari) jarimalar nazarda tutilgan.

Rossiya allaqachon tug’ilish darajasini oshirish, noan’anaviy munosabatlarni targ’ib qilishni taqiqlash va abort qilish imkoniyatini cheklash choralarini ko’rgan. Endilikda, «childfree» targ’ibotini taqiqlash orqali rasmiylar an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo’llab-quvvatlashga umid qilmoqda.

Markaziy Osiyoda, masalan, Qirg‘izistonda ham bu mafkurani taqiqlash masalasi hozircha faqat qirg‘iz tilidagi matbuotda muhokama qilinmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.