Rossiyada noqonuniy yashayotgan xorijliklar reestri 2025-yil fevraligacha ishga tushishi kerak
“Kommersant” nashriga bergan intervyusida ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari Aleksandr Gorovoy aniqlik kiritishicha , gap “nazorat ostidagi shaxslar” reestri haqida ketmoqda, uning yaratilishi avgust oyida Gorovoyning o’zi e’lon qilgan .
Reestr Vladimir Putin avgust oyi boshida imzolagan qonun doirasida yaratilmoqda.
Qonun 2025-yil 5-fevraldan kuchga kiradi, shu vaqtgacha reestr ham ishga tushirilishi kerak. Unga kirgan xorijliklar Rossiyada mashina haydashlari, bank xizmatlaridan foydalanishlari, mulkni ro’yxatdan o’tkazishlari, turmush qurishlari yoki ajralishlari mumkin emas.
Ulashish:
Sharhlar