Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari hibsga olingani haqidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasining Voronej shahrida huquq-tartibot organlari tomonidan reyd o‘tkazilib, unda O‘zbekiston fuqarolari hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Maʼlum bo‘lishicha, xabarlarda aks etgan holat joriy yilning 7-iyun kuni Voronej shahridagi “Razvitiye” qurilish hududida yuz bergan.
Reyd tadbiri o‘tkazilgan ushbu qurilish hududida 45 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lib, ularning 12 nafari norasmiy ishlagan.
Norasmiy ishlaganlarning 11 nafariga nisbatan patent muddati o‘tib ketgani sababli jarima shaklida maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilib, shu kunning o‘zida vaqtincha yashash joyiga ruxsat berilgan va yana 1 nafari esa hech qanday hujjatlarsiz ishlagani sababli hozirda mamlakat hududidan deportatsiya qilinmoqda.
Shu o‘rinda, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan migrantlardan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilish hamda migratsiya qonunchiligini buzmaslik so‘raladi.
Sharhlar