Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Foto: 78.ru

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Murom ko‘chasida qurilish vaqti O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

Marhum o‘zbekistonlik 47 yoshli muhojir bo‘lib, qurilish kompaniyasiga montajchi bo‘lib ishga kirgan.

Qurilish maydonida ishlayotganda u tomdan yiqilib tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ishchida himoya vositalari bo‘lmagan. Bundan tashqari, qurilish jarayonida sug‘urta tizimi ham qo‘llanmagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.