Rossiyada politsiya xodimlari o‘zbekistonlik erkakni o‘rmonga tashlab ketdi

наручники
Фото: спутник

Rossiyaning Moskva viloyatida O‘zbekiston fuqarosini o‘rmonga tashlab ketgan politsiya xodimlari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Mash” portali.

Voqea may oyida Likino-Dulyovo shahrida sodir bo’lgan. Ichki ishlar idoralari xodimlari mast holda, jamoat tartibini buzgan tajovuzkor xatti-harakatlarni ko‘rsatgan 45 yoshli o‘zbekistonlik fuqaroni qo‘lga olgan.

Hibsga olingandan so‘ng, erkak Dubrovo va Zagryajskaya qishloqlari orasidagi o‘rmonga olib ketilgan va u yerda qoldirilgan. U uyiga yo‘l topa olmagan, qarindoshlari esa politsiyaga bedarak yo‘qolganligi to‘g‘risida ariza berishdi. Migrantning jasadi bir kunning ichida topilgan va o’sha paytda uning jasadi hayvonlar tomonidan yeyilgan bo’lgan.

Mahalliy Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston fuqarosini oxirgi boʻlib koʻrgan kichik leytenant va katta serjant ishdan boʻshatilgan. Ikkalasi ham hibsga olingan va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.