Rossiya askarlari safida Ukrainaga qarshi jang qilgan o‘zbekistonlik sudlandi

Foto: yuz.uz

1998-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Yo‘ldoshev Shavkat Rossiyaning “Vagner” xususiy armiyasi tarkibida olti oy muddatga harbiy xizmatda qatnashgani uchun sudlangan.

Yo‘ldoshev Rossiyaga mavsumiy ishchi sifatida pul topish uchun ketgan. Dastlab u qurilishda ishlagan, biroq keyinchalik giyohvand moddalar savdosi uchun hibsga olingan va Rossiya qonunchiligiga ko‘ra 7 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. Qamoqxonada Yo‘ldoshevga “Vagner” tarkibida yollanma askar bo‘lishni taklif qilishgan. U rozi bo‘lib, Ukrainaga urushga ketgan. 2022-yildan 2023-yilgacha olti oy davomida frontda bo‘lib, “Jasorati uchun” medali bilan ham taqdirlangan.

Shavkat Yo‘ldoshev O‘zbekistonga qaytgach, yollanma jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ohangaron shahar sudi uni daromadining 20 foizi ushlab qolingan holda 2 yil 6 oy muddatga majburiy mehnatga hukm qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.