Rossiyada “VPN”siz “YouTube”ga kirish qisman tiklandi
Globalcheck xizmati va ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchi xabarlariga ko‘ra, Rossiyada “YouTube”ga kirish qisman tiklangan, videolar “VPN”dan foydalanmasdan yaxshi tezlikda yuklab olingan.
Avvalroq Mosfilm bosh direktori Karen Shaxnazarov prezident Vladimir Putinga “YouTube”ga sekin kirish muammosini hal etishni so‘rab murojaat qilgan edi. Shahnazarovning so‘zlariga ko‘ra, Putin vaziyatni tartibga solishga va’da bergan.
Ulashish:
Sharhlar