Rossiyada yolg‘iz qolib ketgan voyaga yetmagan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

фото: Национальное Агентство соцзащиты

Rossiyada yolg‘iz qolib ketgan voyaga yetmagan yigit O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda Milliy ijtimoiy himoya agentligi matbuot xizmati.

U Rossiyaga o‘z qarindoshlarini ko‘rish uchun maxsus hujjat yordamida borgan, biroq ma’lum bo‘lishicha, bu hujjat Rossiya Federatsiyasida qonuniy kuchga ega emas bo’lganligi sababli yigit Novosibirsk viloyatidagi voyaga etmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Keyinroq Ichki ishlar vazirligi va Milliy ijtimoiy himoya agentligi hamkorligida Andijon viloyatida yashovchi fuqaro ota-ona qaramog‘isiz qolgan deb topilib, ortga qaytarildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.