Rossiyadan O‘zbekistonga og‘ir kasal chaqaloq qaytarildi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida davolanayotgan og‘ir kasal chaqaloq O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
M.S. 2024-yil aprel oyida tug‘ilgan. Bolada og‘ir xastalik aniqlangan, shundan beri chaqaloq perinatal markazda davolanmoqda.
“Doimiy nafas olish etishmovchiligi tufayli bola 24 soat davomida namlangan isitiladigan kislorod qo’shimcha ta’minlangan maxsus apparatda saqlangan”, – deyiladi xabarda.
Tibbiy komissiya bolani maxsus kuzatuv va kislorod apparatida O‘zbekistonga olib borishga qaror qildi.
Mutaxassislar bolaga sayohat qilish uchun biometrik pasport berishdi. Chaqaloq ota-onasi bilan Bolalar milliy tibbiyot birlashmasi pediatri hamrohligida Toshkentga yo‘l oldi.
Sharhlar