Rossiyaning eng ko‘p nishoniga aylangan shahar – Odessa

Foto: DW

Rossiya 7-noyabr, payshanba kuni tunda Kiev va Odessani zarba beruvchi dronlar bilan hujumga tutdi. Ukraina uchirilgan dronlardan o‘ttizdan ortig‘ini urib tushirganini bildirgan. Kiev hokimiyati hujum bir nechta yo‘nalishdan qayta-qayta amalga oshirilganini va dronlar shahar hududiga past va yuqori balandliklarda kirib kelganini xabar qildi. Kievda havo hujumidan ogohlantirish signali sakkiz soat davom etgan.

Kiev shahar harbiy boshqarmasi rahbari Sergey Popko xabar berishicha, urib tushirilgan rossiyalik dronlarning qoldiqlari poytaxtning olti hududiga tushgan. Solomenskiy tumanida bir korxona hududida hujum natijasida ombor yonib ketdi, yong‘in maydoni 600 kvadrat metrni tashkil etdi. Kiev meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, ushbu hududda bir kishi jabrlangan va shifoxonaga yetkazilgan. Shuningdek, Solomenskiy tumanidagi tibbiy markazga ham qoldiqlar tushgan, jabrlanganlar haqida ma’lumot aniqlashtirilmoqda.

Kievning Pecherskiy tumanida turar-joy binosining 33-qavatida joylashgan restoran yonib ketgan, yong‘in maydoni 50 kvadrat metrni tashkil etmoqda. 34-texnik qavatning bir qismi zarar ko‘rgan. Jabrlanganlar yo‘q, aholi evakuatsiya qilingan.

Odessaga hujumlar. Odessada dron zarbalari natijasida ko‘p qavatli uy zarar ko‘rdi. Mahalliy Telegram-kanallarda to‘qqiz qavatli uy binosining birinchi qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani tasvirlangan videolar e’lon qilindi. Uy bo‘ylab oynalar sindi. Shuningdek, bir nechta avtomobillar ham shikastlangan, kamida bir kishi jarohatlangan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.