Rossiyaning FPV dronlari Xarkov viloyatida Ukraina harbiy texnikalarini yo‘q qildi
Rossiyaning “Sever” harbiy guruhi razvedka bo‘limi operatorlari tomonidan Xarkov viloyatida Ukraina Qurolli Kuchlariga (UQQ) tegishli avtomobillar yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Razvedka natijasida UQQning beshta avtomobil texnikasi aniqlangan. Olingan ma’lumotlar tahlil qilingach, aniqlangan nishonlarga zarba berish haqida qaror qabul qilingan. Nishonlar tezkorlik bilan “Sever” guruhi FPV dronlari yordamida yo‘q qilingan, shu jumladan harakatda bo‘lgan paytida ham.
Mudofaa vazirligi zarba berish jarayonini tasdiqlovchi videoyozuvni e’lon qildi. Unda Ukraina harbiy texnikalariga aniq zarbalar ko‘rsatilgan.
Mazkur harakat Ukraina hududida davom etayotgan harbiy operatsiyalar doirasida amalga oshirilgan.
Sharhlar