Rostov viloyatida harbiy xizmatchi maktabgacha yoshdagi bolalarga vayron qilingan Baxmutning maketini sovg’a qildi
19-oktabr kuni Rostov viloyatining Oqsay tumanida uchta bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari Yunarmiyaga qabul qilindi. Tadbirga rossiyalik harbiy Roman K. keldi, deb xabar berdi “Yunarmiya”ning hududiy bo‘limi “VKontakte”da.
Harbiy bolalarga “Baxmutni ozod qilish” dioramasini berdi – janglar natijasida vayron bo’lgan Ukraina shahrining maketi. Dioramada o‘q otish paytida shikastlangan turar-joy binolari, shuningdek, Z harfi bilan zirhli transport vositalari va Rossiya harbiy xizmatchilari tasvirlangan. Yunarmiya xabarida aytilishicha, Roman K. modelni o’z qo’llari bilan yasagan.
“Bolalar bu sovg‘adan juda xursand bo‘lishdi”, — deya qo‘shimcha qildi harakat matbuot xizmati.
Ulashish:
Sharhlar