Ruhiy kasalliklar shifoxonasida sog‘lom fuqaroni majburlab ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorga “hayfsan” berildi
Fuqaro B.N. tuman IIB profilaktika inspektori va mahalla vakillari bilan hamkorlikda qonunga zid ravishda Qo‘qon shahrida joylashgan viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Murojaat Vakil nazoratiga olinib, holat Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan.
Mintaqaviy vakil fuqaro B.N. bilan uchrashganda u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘rikdan o‘tkazish uchun joylashtirilishida rozilik xatiga imzo qo‘ymagani, shunga qaramasdan uni shifoxonaga joylashtirishgani va 3 kun davomida ko‘rikdan o‘tkazishgani hamda sog‘lom bo‘lganligi sababli javob berib yuborishganligini ma’lum qilgan.
Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida fuqaro B.N.ning so‘zlari tasdiqlandi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi 2-qismida psixiatriya tekshiruvi tekshirilayotgan shaxsning ma’lumotlarni bilgan xolda tekshiruv o‘tkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi talablari buzilganligi ma’lum bo‘ldi.
Sharhlar