Toshkentda voyaga yetmagan farzandiga rul boshqaruvini topshirgan onaga chora ko‘rildi

Foto: Shutterstock

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh qizcha avtomobil boshqarayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi.

Voyaga yetmagan farzandiga avtomobil boshqaruvini topshirgan onaga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.

Barcha ota-onalardan voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan farzandlariga avtomobil boshqarishga ruxsat bermasliklari, ularga doimo yo‘llarda qoidalarga rioya etishni o‘rgatib borishlari so‘raldi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.