Rustam Assakalov Olimpiada chempioni bilan bellashdi
Mahoratli yunon-rum kurashchi Rustam Assakalov chorak finalda nomdor sportchi bilan toʻqnash keldi.
Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, jahon chempionatlarining 4 karra gʻolibi armanistonlik Artur Aleksanyan bilan bellashgan sportchi imkoniyatni boy berdi.
Endi Aleksanyan finalgacha yetib borgan taqdirda Assakalov shohsupaga koʻtarilish imkoniyatini saqlab qoladi.
Avvalroq, Rustam Assakolov (-97 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarini muvaffaqiyatli boshlaganligi haqida xabar bergan edik.
Ulashish:
Sharhlar