Rustam Assakalov va Aram Vardanyan chorak finalda
Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aram Vardanyan Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarini g‘alaba bilan boshladi.
-77 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan polvon ilk bahsda misrlik Mahmud Abdulrahmondan ustun kelib, chorak finalga yo‘l oldi. Unda Vardanyanga Nao Kusaka raqiblik qiladi.
Shuningdekb yunon-rum kurashchisi Rustam Assakolov (-97 kg) ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatki start oldi. Tajribali soprtchi 1/8 finalda gonduraslik Kevin Mexiyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda unga armanistonlik Artur Aleksanyan raqiblik qiladi.
Avvalroq, tayekvondochilar Olimpiyadadagi ishtirokini 7-avgusttan boshlashi haqida xabar bergan edik.
Sharhlar