Sabine Maxl BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlandi
Sabine Maxl 2024-yil 1-iyundan BMTning O‘zbekistondagi doimiy korrdinatori sifatida o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda tashkilot ofisining matbuot xizmati xabar beradi.
Bungacha Sabine Maxl BMTning Gruziyadagi doimiy koordinatori (2019-2024) lavozimida ishlagan. Ilgari u Indoneziya, Falastin va Qirg‘izistonda BMTning Ayollar bo‘limiga rahbarlik qilgan va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan.
2007-yildan 2011-yilgacha Sabine Maxl sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari bo‘yicha ishlab, Gaagada YEXHTning etnik ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissarligi rahbari va katta maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
2005-2007-yillarda u YEXHTning Qirg‘izistondagi markazi rahbari o‘rinbosari va YXHT shtab-kvartirasidagi mojarolarning oldini olish markazining Markaziy Osiyo bo‘limini boshqargan.
2001-yilda Sabine Maxl YEXHTning Estoniyadagi missiyasi rahbari o‘rinbosari, 2000-yilda esa Avstriyaning YEXHTga raisligi davrida Avstriyaning Doimiy vakolatxonasining birinchi kotibi bo‘lgan. U, shuningdek, Avstriya Tashqi ishlar vazirligining siyosiy bo‘limida Janubi-Sharqiy Yevropa bo‘limi boshlig‘i, Yevropa Parlamentida, Venadagi uchta turli sudlarda va Kroydon/Londonda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
Sabine Maxl Vena universitetida ikkita magistr (huquq va tilshunoslik) va huquq fani doktori darajasiga ega. Nemis (ona tili) tilida so‘zlashadi, ingliz, rus va fransuz tillarida erkin gapiradi.
Sharhlar