Sadir Japarov fuqarolar tomonidan tabiat qo‘ynida qoldirilgan chiqindilarni tozaladi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov fuqarolar tomonidan tabiat qo‘ynida qoldirilgan chiqindilarni tozaladi va buni Facebook tarmog‘idagi sahifasida bo‘lishdi.
U mamlakat tabiati o‘zining go‘zalligi va musaffoligi bilan mashhur bo‘lsa-da, ifloslanish muammosi xalqning o‘zidan kelib chiqishini alohida ta’kidladi. Japarov fuqarolar va sayyohlarni o‘zlaridan keyin chiqindilarni olib, shahar konteynerlariga tashlashga chaqirdi.
Prezident bu kabi harakatlar jaholatdan dalolat ekanini ta’kidlab, mas’uliyatli fuqarolardan tozalashda yordam so‘radi.
Ulashish:
Sharhlar