Safiya Burxonova kumush medalga sazovor boʻldi

Фото: paralympic.uz

Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bugungi kunini muvaffaqiyatli boshladi. Para yengil atletikachimiz Safiya Burxonova F12 klassida yadro uloqtirish bahslarida kumush medalga sazovor boʻldi. Hamyurtimiz musobaqada 14.12 metr natija qayd etdi.

Shuning bilan, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronzani tashkil qilmoqda.

Avvalroq, 2 ta sportchimiz Paralimpiya o‘yinlarini g‘alaba bilan boshlaganligi haqida xabar bergan edik.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.