Saida Mirziyoуeva Rossiya bosh vaziri bilan uchrashdi
Bugun O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoуeva Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashdi.
“Biz ikki tomonlama hamkorlikning qator muhim yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim, mehnat migratsiyasi kabi dolzarb masalalarni muhokama qildik, shuningdek, o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga qaratilgan yaqin muloqotni yanada rivojlantirishga kelishib oldik”, — dedi Mirziyoуeva.
Avvalroq Saida Mirziyoуevaga Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish vazifasi yuklangan edi.
Ulashish:
Sharhlar