Saida Mirziyoyeva Londonda oʻtkaziladigan koʻrgazmada ishtirok etadi

Saida Mirziyoyeva Londondagi Britaniya muzeyida oʻtkaziladigan “Silk Roads” (“Ipak yoʻllari”) koʻrgazmasining ochilish marosimida ishtirok etadi.

“Koʻrgazmada Oʻzbekiston muzeylaridan toʻplangan, boy tarixiy va madaniy merosimizni aks ettiruvchi nodir, qimmatli osori atiqalar namoyish qilinadi. Ishonchim komilki, ushbu loyiha Ipak yoʻli tarixi va madaniyatiga qiziquvchilarga ilhom bagʻishlaydi, xalqlar oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, rivojlantirish yoʻlidagi umumiy saʼy-harakatlarimizni ifoda etadi”, – deydi Saida Mirziyoyeva.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.