Saida Mirziyoyeva “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” xalqaro anjumanida ishtirok etdi

Foto: Saida Mirziyoyoeva telegram kanali

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” xalqaro anjumanida ishtirok etdi. Unda Anjuman qatnashchilari taʼlim sifati, bu sohadagi joriy tendensiyalar borasida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.

“Konferensiyada taʼlimga oid masalalar bo‘yicha tajriba almashdik, xalqaro hamkorlar bilan muloqot jarayonida sohadagi ilgʻor usullar bilan tanishdik. Umid qilamanki, bu gʻoyalar metodikalarimizni yaxshilashga, oʻqituvchilarni taʼlim tizimidagi yangiliklarga tayyorlashga yordam beradi”, — Saida Mirziyoyeva.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.