Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti Administratsiyasi rahbari bilan uchrashdi

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Qozog‘iston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Aybek Dadebay bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

“Uchrashuv davomida O‘zbekiston–Qozog‘iston hamkorlik munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlaridagi mavjud holat va istiqbollar, aloqalarimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar hamda davlat rahbarlari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosining borishi muhokama qilindi”, – deydi Saida Mirziyoyeva.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.