Salkam 2,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o’g’irlandi

Foto: Minenergy.uz

Xorazm viloyati Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “V.B.” MCHJ rahbari B.R. xo‘jalikning yer maydonlarini sug‘orish uchun suv nasoslarini tarmoqqa elektr hisoblagichdan tashqari yashirincha ulab, jami 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Buxoroda “U.B.” fermer xo‘jaligi rahbari U.R. xo‘jalik suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari yashirincha ulab, 223,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

“Qo‘shrabot tumanida “N.U.” va “Q.D.” fermer xo‘jaligi rahbarlari yer maydonlarini sug‘orish uchun suv nasoslarini o‘zboshimch

alik bilan tarmoqqa ulab, jami 215,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan”, – deyiladi xabarda.

Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “V.J.” fermer xo‘jaligida hamda YATT A.A.ning avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr uskunalari hisoblagichdan tashqari elektr tarmoqlariga ulanib, jami 146,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.