Samarqand aeroportida jangavor o‘q ushlab qolindi
Samarqand xalqaro aeroporti orqali “Samarqand-Moskva” aviareysi bilan xorijga uchib ketayotgan shaxsning bagaj sumkasi ko‘zdan kechirilganda, bojxona nazoratiga taqdim qilmasdan, kontrabanda predmeti hisoblangan 1 dona “60 84” yozuvli 5,45 mm kalibrli patron (jangavor o‘q) borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar