Samarqand viloyatida fuqaro qaynotasi va qaynonasini pichoqladi

Фото: urmanika

10-iyun kuni Samarqand viloyatida kuyov qaynotasinikiga kelib, uni va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qiladi.

Voqea soat 12:00 atrofida Payariq tumani Bekto‘pi mahallasida sodir bo‘lgan. Janjal paytida erkak oshxona pichog‘ini olib, xotinining onasiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Keyin shovqinga kelgan qaynotasiga ham pichoq urgan.

Olingan tan jarohatlari natijasida qaynota va qaynona voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” va “g” bandlari (O‘ta shafqatsizlik bilan ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.