Samarqand viloyatida fuqaro yettita daraxtni noqonuniy kesgani aniqlandi
Samarqand viloyatida fuqaro 7 ta daraxtni noqonuniy kesdi, deya xabar beradi Ekologiya vazirligi.
Samarqand viloyatining Narpay tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida mutaxassislar tomonidan 7 ta noqonuniy kesilgan daraxt aniqlangan.
Qoidabuzarga nisbatan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 79-modda (Daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va ko‘chatlarni qonunga xilof ravishda kesish, shikastlash, nobud qilish yoki boshqa joyga ko‘chirish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzildi.
Unga tabiatga zarar yetkazganligi uchun 8,5 million so‘m va 3 million 230 ming so‘m jarima solindi. Jami fuqaroga 11 million 730 ming so‘m to‘lash majburiyati yuklandi.
Sharhlar