Samarqand viloyatida fuqaroni AQShga 13 ming dollar evaziga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
О‘zbekistonning bir qator viloyatlarida fuqarolarga noqonuniy ravishda xorijga ishlashga jo‘natishni va’da qilgan erkaklar qo‘lga olindi, deya xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Birinchi holat Samarqand viloyatining Payariq tumanida qayd etilgan bo‘lib, u yerda korxonalardan birining rahbari fuqaroga AQShda 13 ming dollar evaziga ishga joylab berishni va’da qilgan. Huquq-tartibot idoralarining xodimlari gumondorni 10 ming dollar olgach, qo‘lga oldi.
Ikkinchi voqea Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, muqaddam sudlangan ikki nafar firibgar qo‘lga olingan, ular fuqaroga farzandini Janubiy Koreyada 1,9 ming dollar evaziga ishga joylashtirishni va’da qilgan.
Har ikki holat yuzasidan О‘zbekiston JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar