Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga qayta tayinlandi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida navbatdagi masala sifatida viloyat hokimini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi.
Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga Erkinjon Turdimov nomzodi ko’rsatilganligi bildirildi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich nomzodi Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Ulashish:
Sharhlar