Samarqandda yuz bergan YTH oqibatida haydovchi halok bo‘ldi

Foto: Samarqand viloyati IIB

24-sentabr kuni soat 16:30 larda Samarqand viloyati Oqdaryo tuman “Dahbed” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 9 km.da haydovchi Nexia rusumli avtomobilini Buxoro – Samarqand yo‘nalishida boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan, KOEGEL tirkamasining orqa qismidan kelib urilishi oqibatida YTH sodir boʻlgan.

Oqibatda Nexia rusumli avtomobil haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab RSHTYOIAMSFda vafot etgan.

Holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.