Samarqandda 19 yoshli yigit diniy qo‘shiqlar yuborgani uchun 3 yilga qamaldi

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida sud diniy ekstremizm belgilari aks etgan materiallar tarqatgan 19 yoshli o‘smirni 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar beradi “Zamon” dasturi.

Yigit Telegram kanalini yaratib, u yerda bir yarim yil davomida internetdan yuklab olingan diniy qo’shiqlarni nashr etgan. Sud ushbu materiallarda ekstremistik g‘oyalar mavjudligini aniqlagan.

Sud jarayonida sudlanuvchi arab tilini bilmagani uchun qo‘shiqlar mazmunini tushunmasligini, lekin o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgani uchun qo‘yganini tan oldi.

Sud uning qilmishini O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (Ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatish) bilan kvalifikatsiya qilib, jazoni yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.