5 nafar fuqaroni Angliyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro E.X. go‘yoki Angliyadagi firmada ishlovchi tanishlari yordamida 5 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga yuborishini vaʼda qilgan va ularning jami 10 400 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish litsenziyali faoliyat hisoblanadi.
Ulashish:
Sharhlar