Samarqandda avtomobil yetti yoshli bolani urib yubordi
3-iyul kuni soat 18:00 atrofida Samarqand viloyati “Joyi Soy” mahallasi Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida Nexia rusumli avtomashina haydovchisi 2017-yilda tug‘ilgan bolani urib yubordi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar beradi.
Bola do‘stlarining ortidan quvib, yo‘lni kesib o‘tishga harakat qilgan. Bola zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qarshida 3 ta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, natijada bir kishi halok bo‘lgani haqida avvalroq yozgan edik.
Ulashish:
Sharhlar