Samarqandda hisobchi tadbirkorning 6,4 mlrd so‘m mablag‘ini qimor o‘yinlariga yutqazgan

Foto: Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha,  “Ph.l.” MCHJda hisobchi lavozimida ishlagan B.M. bank elektron kalitlaridan foydalanib, MCHJning 6,4 mlrd so‘m mablag‘ini soxta ma’lumotlarni rasmiylashtirish orqali o‘zining nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazib olishga erishgan. Shundan so’ng u pullarni internet tarmoqlaridagi qimor o‘yinlarida yutqazib, kulini ko’kka sovurgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.