Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha to‘rtinchi forum o‘tkazildi
13-iyun kuni Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha to‘rtinchi forum bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Forumda BMT va uning maxsus tuzilmalari, YXHT, Yevropa Ittifoqi, IHT, ShHT, MDH, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch chora-tadbirlari bo‘yicha kengash, Turkiy davlatlar parlament assambleyasi vakillari, shuningdek, 200 nafar xalqaro va milliy ekspertlar qatnashdi.
Shavkat Mirziyoevning forum ishtirokchilariga “Ekologik muammolar: o‘zgaruvchan dunyoda inson huquqlari kelajagi, barqaror yechimlarni izlash” mavzusiga bag‘ishlangan tabrigini o‘qib berdim, – deydi Sherzod Asadov.
O‘zbekiston prezidenti o‘z murojaatida global iqlim o‘zgarishi tufayli sayyoramizda o‘tkir ekologik vaziyat yuzaga kelgani, bu barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi asosiy to‘siq va tahdidga aylanganini ta’kidlagan.
U iqlim o‘zgarishi oqibatida inson huquqlariga yetkazilgan zararni kamaytirish uchun dunyo mamlakatlari birgalikda samarali harakat qilishi zarurligini ta’kidlaydi.
Tadbirda O‘zbekistonning BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashishda inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasini ishlab chiqish va ilgari surish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlandi”, — deyiladi xabarda.
Sharhlar