Samarqandda iste’molga yaroqsiz 334 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari aniqlandi

Foto: Departament

Samarqand viloyatidagi 3 ta savdo do‘konidan 10 202 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqida viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Payariq va Narpay tumanida “M.B.”, “Y.S” va “I.” MCHJlarga qarashli savdo do‘konlari sotuvchilari xaridorlarga qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu savdo do‘konlaridan umumiy bahosi 334 mln so‘mlik turli nomdagi jami 10 202 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.