Samarqandda itni mashinaga bog‘lab, sudragan shaxs jarimaga tortildi

Фото: Кадр из видео

Ijtimoiy tarmoqlarda itning harakatlanayotgan mashinaga bog‘lab sudralyotgani aks etgan video tarqaldi.

Ekologlar va huquq-tartibot idoralari xodimlari huquqbuzarni 29 yoshli mahalliy fuqaro ekanligini aniqladi.

Mazkur shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish) bilan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, 3 BRV (1 million 20 ming soʻm) miqdorida jarima solingan.

Ma’lumot uchun: 111-modda Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni ularni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa yoki hayvonlarning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.