Samarqandda mast haydovchi uy darvozasiga borib urildi, halok bo‘lganlar bor
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida “Lacetti” avtomobili ishtirokida halokatli YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.
Voqea 17-avgust kuni sodir bo‘lib, mast holatda bo‘lgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, xususiy uy darvozasiga borib urilgan.
Hodisa oqibatida avtomashinada bo‘lgan ikki keksa yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, yana ikki nafari jarohatlangan.
Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar