Samarqandda Nexia-3 haydovchisi rulda uxlab qolishi ortidan YTHga uchradi
Samarqand viloyati Nurobod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, natijada bir kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda viloyat IIB YHXB.
Voqea 20-iyul kuni soat 06:00 atrofida 4R-54 avtomagistralining “Jarquduq” mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida sodir bo‘lgan.
Ingichka qishlog‘idan Kattaqo‘rg‘on shahriga ketayotgan “Neksiya-3” rusumli avtomashina haydovchisi rulda uxlab qolgan.
Fuqaro boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan, natijada avtomobil bir necha marta ag‘darilib ketgan.
Haydovchi va yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan.
“Yo‘lovchi tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay vafot etgan”, – deyiladi xabarda.
Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Sharhlar