Samarqandda О‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy o‘quv yurtlari rektorlarining ikkinchi forumi boshlandi
Samarqandda О‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy o‘quv yurtlari rektorlarining ikkinchi forumi boshlandi. Unda ikki davlat oliy o‘quv yurtlari rahbarlari va o‘qituvchilari qatnashdi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar beradi.
Tadbirni О‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotbay Sharipov va uning qirg‘izistonlik hamkasbi Dogdurkul Kendirbaeva ochib berdi.
Forum ikki kun davom etadi. Bu vaqt ichida ikki davlat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha muhim shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar