Samarqandda oldindan to‘lov evaziga avtomashina yetkazib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Foto: Departament

Samarqand shahrida “B.A.” va “A.A.” MCHJ rahbarlari avtolizing faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 10 nafar fuqaroga lizing krediti asosida 60 oy muddatga avtomashinalarni yetkazib berishni va’da qilib, avtomashinalarni yetkazib bermasdan ularning jami 547,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Samarqand shahrida muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqarolar B.G‘. va U.S. joriy yilning mart oyida “A.H.” MCHJni tashkil etib, internet saytlari orqali “UzAutoMotors” kompaniyasida ishlab chiqarilgan yangi avtomashinalarni oldindan to‘lov evaziga 5-10 kun muddat ichida yetkazib berishlari haqida e’lonlar berib, 4 nafar fuqaroning jami 380,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.