Samarqandda o‘quv markazi o’z reklamasida Otabek Maxkamovning rasmidan ruxsatsiz foydalandi

Foto: repost.uz

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o’tkazilgan tadbirda, Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “MINDED” MCHJga tegishli bo‘lgan “Minded school” o‘quv markazi binosida joylashtirilgan reklama bannerida o‘zbek kino aktyori, xalqaro darajadagi huquqshunos va jurnalist Otabek Maxkamovning tasviridan uning roziligisiz foydalanilganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha “MINDED” MCHJga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Natijada, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi 3-qism 5-xatboshi (jismoniy shaxsning nomidan yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish ta’qiqlanadi) talablarini buzgan holda nomaqbul reklama (noto‘g‘ri, axloqsiz, yashirin reklama, shuningdek ushbu Qonun talablariga mos kelmaydigan boshqa reklama) sifatida joylashtirilganligi sababli “MINDED” MCHJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, yuqoridagi subyektga qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.