Samarqandda tez yordam binosi yonida Isuzu yuk mashinasi yonib ketdi

Фото: Хокимият Пайарыкского района

Bugun, 5-avgust kuni soat 14:00 da Payariq tumani, Go‘zal mahallasida joylashgan tez tibbiy yordam binosi yonida Isuzu rusumli avtomashina yonib ketdi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea joyiga soat 14:05da 3 ta o‘t o‘chirish-qutqaruv guruhi yetib kelgan, soat 14:30 ga kelib yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q. Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.