Samarqandda Ukrainadagi urushda Rossiya tomonida jang qilgan fuqaroga hukm o‘qildi

Суд
Источник: unsplash.com

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Jomboy tuman sudi Rossiyada bo‘lgan vaqtida armiya safiga qo‘shilgan va Ukraina hududidagi janglarda qatnashgan o‘zbekistonlikni uch yilga ozodlikdan mahrum qildi. Erkak yollanish moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi, deya xabar beradi Repost.uz sud materiallariga tayanib.

Qarorga ko‘ra, ayblanuvchi jazoni umumiy rejimli koloniyada o‘taydi.

Sud materiallarida О‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda ishlagani ko‘rsatilgan. Aniq kim bo‘lib ishlagani ma’lum emas. 2023 yilda chet el fuqarosiga Rossiya fuqaroligi evaziga armiyada xizmat qilish taklif qilingan. “Urush qatnashchilariga pasport beriladi, deyishdi. Ular bizni o‘shanda xotirjam yurib, xohlagan ishimizni qila olishimizga ishontirishdi. Bunday taklif kimga yoqmaydi?” — deya tushuntiradi o‘z qarorini sudlanuvchi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, rasmiylar unga О‘zbekiston fuqaroligini saqlab qolishga va’da bergan, bu ham muhojirni frontga ketishga undagan. Natijada, erkak o‘z ixtiyori bilan Rossiya qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzib, kerakli tayyorgarlikdan o‘tib, Ukrainaga jo‘nab ketgan va u yerda jangovar harakatlarda qatnashgan.

О‘tgan yilning oktyabr oyida yollanma jangchi jarohatlangan. U Sankt-Peterburg harbiy gospitaliga davolanish uchun joylashtirilgan. Chet ellik Rossiya fuqaroligini olishga muvaffaq bo‘lgach, vataniga ketishga qaror qilgan.

О‘zbekiston xavfsizlik kuchlari uyiga qaytgan fuqaroning telefonini tekshirar ekan, uning Ukrainada Rossiya qo‘shinlari tomonida jang qilganiga oid dalillarni topdi. Tergovchilar “yollanish” bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atgan.

Sudda o‘zbekistonlik aybiga iqror bo‘lib, o‘z himoyasiga xorijliklarning Rossiyadagi og‘ir ahvoli tufayli urushga ketganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat pasporti ko‘p muammolarni hal qilgan, shuning uchun muhojir rasmiylarning taklifiga rozi bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.